Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Milliy ta’lim dasturi - 2020”


Bugungi kunda ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik va xalqaro standartlarga mos o‘quv jarayonining so‘nggi yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan sanaladi. Hozirgi vaqtga qadar Urganch davlat universiteti dunyoning 26 davlatidagi oliy ta’lim muassasalari bilan 58 dan ziyod xalqaro shartnomalar imzoladi. 2020 yil 5 noyabr kuni Hindistonning Bxarati Vidiyapit Ta’lim va tadkikot instituti bilan “Xalkaro hamkorlik to‘g‘risida” Memorandum imzolandi. Ikki universitet tomonidan imzolangan ushbu shartnomada professor-o‘kituvchilarni ilmiy, akademik faoliyatini faollashtirish va universitetning Hindiston davlatining yetuk ilmiy institutlari bilan alokasini kuchaytirish asosiy maqsad qilib belgilandi. Shu asosda, 2020 yil 7 noyabr kuni Bxarati Vidiyapit Ta’lim va tadkikot instituti tomonidan tashkil etilgan “2020 yil - Milliy ta’limni rakamlash dasturi” bo‘yicha simpozium bo‘lib o‘tdi. Bxarati Vidiyapit Ta’lim va tadkikot institutining “2020 yil - Milliy ta’limni rakamlash dasturi” bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘tkazilgan ushbu simpoziumda Urganch davlat universiteti rektori B.I.Abdullayev boshchiligida qator professor-o‘qituvchilari faol qatnashdilar. Simpozium davomida ikki universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan chiqishlar bo‘ldi. Xususan, Urganch davlat universiteti rektori B.I.Abdullayev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.U.Xodjaniyazovlar O‘zbekistonning oliy ta’limi xususida, qolaversa Urganch davlat universitetining rivojlantirish dasturlari xakida o‘z chikishlarida ma’lumotlar berdilar. Ushbu Simpoziumni tashkil qilishda mehnat kilgan “Ingliz tili va adabiyoti “ kafedrasi mudiri J. Ermetova, Monitoring va ichki nazorat bo‘lim boshlig‘i Xosiyat Shixova va axborot texnologiyalar markazi xodimi M.Shojonovlar. Ularning barchasi bu hamkorlikga Jaxon banki tomonidan moliyalashtirilgan loyixa doirasida Urganch davlat universitetida yaratilgan "Onlayn ta’limga o‘rgatadigan zamonaviy markaz" faoliyatini barkaror davom ettirish va oliy ta’limning transformatsiyasiga hissa kushiishga yunaltirilgan. O‘rnatilayotgan xamkorliklar asosida kelgusida talabalar, magistrlar, doktorantlar Hindiston oliy o‘kuv va ilmiy tadkikot institutlarida o‘z bilimlarini oshirishi va universitetimiz qoshida xalkaro qo‘shma, ilmiy va amaliy laboratoriyalar yaratib, ulardan samarali foydalanishi, Hindiston olimlari bilan xamkorlikda makolalar chop etishi, ko‘shma o‘kuv programmalarda 2+2 bakalavrlar va 1+1 tartibida magistrlarni o‘kitish tartiblarini tadbiq etish xakida muhokamalar bo‘ldi.

Ulashish: