Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Malayziyaning bir qator universitetlari 2023-2024 oʼquv yilida bakalavriat hamda magistratura dasturlarida tahsil olish uchun grantlarni taklif etadi


Muddati: 2023 -2024 yil

Malayziyaning quyidagi OTMlarida 2023-2024 oʼquv yilida bakalavriat hamda magistratura dasturlarida tahsil olish uchun grantlarni taklif etadi:

- Bruney-Darussalom universiteti;

- Sultan Sharif Аli nomidagi Islom universiteti;

- Bruney texnologiya universiteti;

- Bruney politexnika universiteti.

Grant oʼqish, yashash, ovqatlanish, xalqaro aviachiptalar va oʼquv materiallari bilan bogʼliq xarajatlarni hamda tibbiy sugʼurta va stipendiyani oʼz ichiga oladi.

Tanlov ishtirokchilariga quyidagi talablar qoʼyiladi:

- Nomzodlar hukumat tomonidan tavsiya etilishi lozim;

- Nomzodlarning yoshi bakalavriat uchun 18 yoshdan 25 yoshgacha va magistratura yoʼnalishi uchun 35 yoshgacha boʼlishi kerak.

- Quyidagi sertifikatlar talab qilinadi:

Umumiy taʼlim imtihonida 6 kreditli “O” darajasidagi sertifikat;

Ingliz tilidan xalqaro umumiy oʼrta taʼlim sertifikatida “C” ball;

IELTS 6.0 ball;

TOEFL minimal 550 balli.

Аrizalar 2023 yil 15 fevral kuniga qadar qabul qilinadi. 

Grantlar, birinchi navbatda, Bruney Darussalamida birinchi marta oʼqiyotgan xalqaro talabalar uchun moʼljallangan. Bruneyliklar, Bruneyning doimiy rezidentlari va Bruney oliy oʼquv yurtlarida oʼqigan hamda tahsil olayotgan xalqaro talabalar qatnasha olmaydi.

Qoʼshimcha maʼlumotlarni olish uchun quyidagi veb-saytdan maʼlumotlar olishingiz mumkin. https://www.mfa.gov.bn/online-bdgs

"El-yurt umidi" jamg'armasi: https://eyuf.uz/site/view?id=850