Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDU rektori B.Abdullayev texnikum talabalari bilan uchrashdi

2021-yilning 14-iyul kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev universitet O`quv ishlari bo`yicha prorektori S.Xodjaniyozov hamrohligida UrDU huzuridagi Urganch ko`p tarmoqli texnikumiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog`ida, texnikum direktori Z.Saidniyozova hamrohligida ushbu ta`lim muassasasining  1-kurs talabalari bilan uchrashuv o`tkazdilar. Uchrashuvda rektor B.Abdullayev ta`limdagi yangiliklar, davlatimiz tomonidan oliy ta`lim tizimiga berilayotgan e`tibor, yaratilayotgan sharoitlar, qolaversa, Urganch davlat universitetning o'tgan davr mobaynida erishgan yutuqlari, rivojlanish istiqbollari, talabalar uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, moddiy-texnik baza imkoniyatlari, ta'lim-tarbiya usullari yuzasidan yangi g'oyalar va tashabbuslar haqida so'zladi.

 

Shuningdek, texnikum talalabalari bilan suhbatda bo`lib, texnikumda olib borilayotgan ta`lim jarayonlari,  kelajakdagi rejalari, oliy ta`limga bo`lgan  qiziqishlari haqida suhbatlashdilar. Rektor va talabalarning jonli muloqoti savol-javob tarzida,  samimiy va ko'tarinki kayfiyatda o'tdi.

UrDU Matbuot xizmati

 

Ulashish: