Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Zakovat" turniri o'tkazildi

2021-yil 29-oktabr kuni Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti hamda Urganch davlat universiteti "Zakovat" intellektual klubi tomonidan tashkil qilingan, fakultet talabalari o‘rtasidagi "Filologiya kubogi-2021" intellektual turniriga start berildi. 

1-tur o'yinida 25ta jamoa tarkibida jami 150 nafar faol talaba yoshlar ishtirok etishdi. Turnirda hakamlar hay'ati a'zolari sifatida Filologiya fakulteti o'qituvchilari S.Atajanov  hamda M.Ro'zmetovalar ishtirok qilishdi. Turnir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar Filologiya fakulteti tomonidan Kubog va medallar bilan taqdirlandilar.

1-tur natijalari:
"Adrenaline "jamoasi 
"Megapolis" " jamoasi  
"Goritm" jamoasi 

1-tur o‘yini Urganch davlat universiteti "Zakovat" intellektual klubi Filologiya fakulteti sardori Xolmenova Tamara tomonidan olib borildi.

Ulashish: