Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovi o'tkazildi

       2021-yilning 10-noyabr kuni Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti tomonidan tashkillashtirilgan universitetning ilg'or va iqtidorli talabalari ishtirokidagi 
"Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining noyabr oyidagi yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi. Universitet talaba-yoshlarining besh muhim tashabbus doirasida kitobxonlik madaniyatini yanada takomillashtirish, badiiy asar mutolaasi orqali ma'naviy barkamollikka erishish, so'z san'atkorlari ijodini o'rganish, targ'ib qilish. ularning asarlaridagi vatanparvarlik, komil inson, sadoqat va hayotga muhabbbat g'oyalarini yoshlar o'rtasida keng targ'ib qilish maqsadida o'tkazilgan ushbu ko'rik-tanlovda universitetning bir guruh shijoatli , iqtidorli talaba-yoshlari o'z mahoratlarini namoyish etdilar. 
   Tanlovning ikkinchi bosqichi asar bo'yicha tuzilgan savollar asosida viktorina shaklidagi tezkor savol-javob tarzida o'tkazildi. Har bir shart hakamlar hay'ati tominidan baholab borildi. O'zbek adabiyoti durdonalaridan sanalgan Pirimqul Qodirovning "Ona lochin vidosi" romanii bo'yicha natijalarga ko'ra:
1-o'rin: Filologiya fakulteti magistranti Yo'ldosheva Mohira
2-o'rin: Filologiya fakulteti talabasi Hayitboyeva Maftuna
3-o'rin: Filologiya fakulteti talabasi Iskandarova Dinara
    Mixail Lermontovning "Zamonamiz qahramoni" romani bo'yicha: 
1-o'rin G'ulomjonova Munira
2-o'rin Ibragimova Farngizbonu
3-o'rin Qalandarova Sevara
    Tanlov g'oliblari hamda faol qatnashgan talabalar Filologiya fakulteti rahbariyati tomonidan diplom va tashakkurnomalar, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Ulashish: