Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Yoshlar kelajak poydevori" mavzusida tadbir tashkil etildi

     2021-yilning 16-noyabr kuni Filologiya fakulteti talabalari  18-noyabr  - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining  30 yilligiga bag'ishlab "Yoshlar kelajak poydevori" mavzusida tadbir tashkil qildilar.

     Tadbir davomida talabalar tomonidan qiziqarli sahna ko'rinishlar, serjilo kuy-qoʻshiq va raqslar ijro qilindi.  

     Shuningdek, ushbu bayramona tadbir "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusidagi   she'rxonlik kechasiga ulanib ketdi. She'rxonlik davomida talaba-yoshlar o'zlarining vatanparvarlikni aks ettiruvchi she'rlarini ifodali aytib yig'ilganlarni xushnud qildilar.

     Tadbir davomida Filologiya fakukteti talabalari o'rtasida "Bayrog'im-g'ururim", "Bayroq 30 yoshda" heshtegi ostida o'tkazilgan audio va video she'rlar ijrosi tanlovi, "Muqaddasdir vatan bayrog'i" mavzusidagi  insholar tanlovida g'olib bo'lgan talabalar fakultet dekanati tomonidan taqdirlandilar.

     Tadbir so'nggida talaba-yoshlarning vatanparvarlikni tarannum etuvchi "O'zbekiston yoshlari" qo'shig'ini bir bayroq ostida to'planib, faxr va iftixor bilan kuylashlari  barchaga o'zgacha bayramona kayfiyat baxsh etdi.

Ulashish: