Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ogahiy tavalludining 212 yilligiga bag'ishlangan konferensiya o'tkazildi

XIX asr Xiva adabiy muhitining zabardast namoyondasi, buyuk tarixiy asarlar muallifi, davlat arbobi, mohir xattot va sermahsul ijodkor – Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy tavalludining joriy  yil 212 yilligi keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan bugun, 15-dekabr sanasida  UrDU Madaniyat saroyida Filologiya fakulteti tomonidan  “Yeturmak elga rohat qudratim yetgunchadir korim” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Xorazm viloyat hokimligi vakillari, viloyat Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, universitet professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib, “Ogahiy buyuk siymo” mavzusida  maʼruza qildi hamda anjumanga moderatorlik qildi.

Ilmiy-amaliy anjumanda Viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Xudayberganov  - “Ogahiy tarixiy asarlarining nashri bo‘yicha”, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri,dotsent S.Matkarimova - “Navoiyning “Pand” g‘azaliga Ogahiy tatabbusi ”, filologiya fanlari doktori, dotsent v.b. A.O‘razboyev - .“Mahmud Zamahshariyning “Muqaddimat ul-adab” asari o‘rta asrlarning muhim lisoniy-adabiy yodgorligi” mavzularidagi maʼruzalari  va viloyat Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari B.Bekmatov hamda Shoira Shamslarning tabrik soʻzlari tinglandi.

Mazkur  ilmiy-amaliy anjuman “Sheʼriyat shohsupasi” koʻrik-tanlovining final bosqichiga ulanib ketdi. Tanlovningfinal bosqichi Ogahiy sheʼriyatiga bagʻishlandi va unda universitetning  6 nafar adabiyotsevar talaba-yoshlari badiiy maydonda kuch sinashdilar.

Tadbirda 197-o'zbek tili guruhi tomonidan namoyish etilgan chiqishlar,  sahna ko‘rinishlari,  kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar qalbidan chuqur joy egalladi.

Har bir ishtirokchining chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko‘ra:

1- o'rin: Filologiya fakulteti 185- o'zbek tili guruhi talabasi - Yo'ldasheva Nodira

1-o'rin: Pedagogika fakulteti 189-guruh talabasi Matkarimova Nuriya

2-o'rin: Filologiya fakulteti 184-guruh o'zbek tili guruhi talabasi Karimova Bibirobiya

3-o'rin: Filologiya fakulteti 204-guruh o'zbek tili guruhi talabasi Ismoilova Kamola

Gʻoliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Ulashish: