Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Alisher Navoiy adabiy merosi: talqin va tahlil muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Joriy 8-fevral sanasida Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida so‘z mulkining sultoni, ulug‘ shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Filologiya fakulteti boshchiligida “Alisher Navoiy adabiy merosi: talqin va tahlil muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi. Anjumanda Xorazm viloyati hokimligi vakillari, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, universitet professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Konferensiya ishi Filologiya fakulteti dekani D.Gʻayipov moderatorligida oʻtkazildi.
Anjumanni UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori S.Davletov ochib berib, ulug‘ shoir, davlat va jamoat arbobining o‘zbek xalqi adabiyoti, tarixi, ma'naviyati va ma'rifatiga qo‘shgan buyuk hissasini e'tirof etib, bir qator misollar keltirdi. 

Shundan soʻng, f.f.d.,prof. Z.Doʻsimov, Xorazm viloyati hokimining oʻzbek til masalalari boʻyicha maslahatchisi R.Xudayberganov, f.f.d., dots. A.Oʻrazboyev, “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots. S.Matkarimova, “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri, f.f.n., dots. A.Primov,  f.f.d., dots. D.Yuldoshevlarning “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni”, “Lison ut-tayr” asarida  tilshunoslik muammolari, “Xorazmlik mashoyixlar Alisher Navoiy vasfida”, “Bayoniy asarlarida Navoiyga izdoshlik”, “Alisher Navoiyning o‘zbek tili rivojiga qo‘shgan hissasi”, “Alisher Navoiy asarlarida sintaktik munosabatlar” kabi qator mavzulardagi maʼruzalari tinglandi.  Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasidan tashrif buyurgan shoir va shoiralar o'zlaring ijod namunalarini  anjuman qatnashchilariga armug'on etdilar.

Konferensiya yakunida Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori S.Davletov  "She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining final bosqichi g'olibasi Filologiya fakulteti 185-o'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabasi Nodira Yo'ldosheva hamda "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining final bosqichi g'olibasi Filologiya fakulteti 181-o'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabasi Gulnoza Safoyevaga universitet rahbariyatining noutbuklarini tantanali topshirdi.
Shuningdek, Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan "Eng yaxshi audio she'r" va  “Eng yaxshi videorolik” ko'rik-tanlovlari gʻoliblari ham munosib taqdirlandi. 

 

Ulashish: