Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Matnazar Abdulhakim xotirasiga bag'ishlab tadbir o'tkazildi

2022-yilning 18-fevral sanasida  Filologiya fakulteti tomonidan hassos shoir, tarjimon, oʻzbek adabiyotida yorqin iz qoldirgan ijodkor Matnazar Abdulhakim ijodiga bagʻishlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Filologiya fakulteti dekani, f.f.d., D.Gʻayipov ochib berdi. Tadbirda shoir qalamiga mansub she’rlar talabalar tomonidan ifodali tarzda tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi. Bugungi badiiy-falsafiy lirikamiz rivojiga munosib hissa qoʻshgan shoirning toʻrtlik, gʻazal, sonet, turkum sheʼrlari va dostonlaridagi hikmatga yoʻgʻrilgan qarashlari mazmunan teranligi bois oʻquvchilar mehrini qozona olganligi haqidagi qimmatli ma’lumotlar jamlangan videorolik, sahna koʻrinishlari, raqslar-u kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlar qalbidan chuqur joy egalladi.Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Ulashish: