Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovi 21-fevral - Xalqaro Ona tili kuniga bag'ishlab o'tkazildi

2022-yil 21-fevral sanasida Filologiya fakulteti  tomonidan universitetning notiqlik madaniyatini o'zida shakllantira olgan, faol hamda tashabbuskor talabalari ishtirokida oʻtkazilib kelinayotgan  “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining ilk soni bo‘lib o‘tdi. Unda Filologiya, Tabiiy fanlar, Tarix hamda Pedagogika fakultetlaridan jami 9 nafar talabalar mahorat maydonida kuch sinashdilar. 
Koʻrik-tanlovni UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori  S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Universitet talaba-yoshlarini ona tilimiz ya'ni o‘zbek tilida ravon va to‘g‘ri so‘zlash, notiqlik san’atini egallashga bo‘lgan havaslarini yana ham kuchaytirish, til madaniyat ko‘zgusi va ruhimizning qanoti ekanligini anglash, so'z san’atkorlari ijodini o‘rganish, targ‘ib qilish, ularning asarlaridagi notiqlik, nutq madaniyatiga oid bilimlarni egallash, davlat tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yana-da kuchaytirish maqsadida o`tkazilgan ushbu ko‘rik-tanlovda  universitetning bir guruh shijoatli, iqtidorli talaba-yoshlari oʻz mahoratlarini namoyish qildilar.

Birinchi shartda har bir ishtirokchi o‘zi haqidagi barcha ma’lumotlarni she’riy yoki nasriy yo‘l orqali bayon qilish bilan birga, raqamlar ostiga yashiringan savollarga qisqa va aniq javob bergan boʻlsalar, ikkinchi shartda nutqiy mahoratni yana-da oshiruvchi va fikrlashga undovchi erkin mavzularda notiqlik mahoratini ko‘rsatib berdilar.
Har bir shart hakamlar hayʻati tomonidan munosib baholanib borildi. Natijalarga koʻra:
1- o'rin: Saʼdullayeva Sevara - Filologiya fakulteti O'zbek tili ta'lim yo'nalishi 206-guruh talabasi
1- o'rin: Yusupova Mohira - Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 193-guruh talabasi
2-o'rin: Matkarimova Saida - Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 209-guruh talabasi
3-o'rin: Mohichehra Rustamova -  Filologiya fakulteti O'zbek tili ta'lim yo'nalishi 203-guruh talabasi

Ushbu oʻrinlar sohiblarini hamda  tanlovda faol qatnashgan talabalar  Filologiya fakulteti dekani, f.f.d D.G'ayipov  tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Ulashish: