Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Zakovat" intellektual o'yini g'oliblari taqdirlandi

Xabaringiz bor, joriy yilning 12-26 yanvar kunlari Urganch davlat universiteti tomonidan "Zakovat" intellektual o‘yini doirasida "Rektor kubogi - 2022" turniri boʻlib oʻtdi. Turnir onlayn shaklda oʻtkazildi va unda 99 ta jamoa tarkibida jami 600 nafarga yaqin talaba qatnashdi. 

Bugun, 2022-yilning 21-fevral sanasida mazkur   "Rektor kubogi - 2022" turniri gʻolib jamoalari jumladan,  Iqtisodiyot fakultetining “Royal Team” jamoasi (1-oʻrin), Magistratura mutaxassisligining  “Deep learning” jamoasi (2-oʻrin) hamda Filologiya fakultetining “Adrenalin” jamoa (3-oʻrin)lari munosib taqdirlandilar.

Gʻolib jamoa aʼzolariga sovrinlarni UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Sanjar Davletovlar tantanali topshirdilar.
Xususan, “Royal Team” jamoasining har bir aʼzosiga Diplom va Planshet, “Deep learning” jamoasi aʼzolariga Diplom va noutbuk sumkalari, “Adrenalin” jamoasi aʼzolariga esa diplom va kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

Ulashish: