Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Navoiyxon talaba" ko'rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi

2022-yilning  24-fevral  kuni  Urganch davlat universitetining  Filologiya fakulteti talaba-yoshlari  ishtirokida  "Navoiyxon talaba"  ko‘rik- tanlovining  final soni bo‘lib o‘tdi. Ma'lumki, Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etgan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Bu tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad Navoiyning boy adabiy merosini o'rganish va targ'ib etishni yo'lga qo'yish, talaba-yoshlar ongi va qalbida Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini chuqur singdirishdan iboratdir. Finalga yo'llanmani qo'lga kiritgan  7  nafar  ishtirokchi   she‘riyat mulkining sultoni  Alisher Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish, asarlari tarkibidagi so'zlarning lug'aviy ma'nosini tahlil qilish, g'azallarini ifodali o'qish orqali ijodiy maydonida  bahsga kirishdilar.

3 ta shartda faol qatnashgan talabalar hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko'ra: 
1-o'rin: 196-guruh talabasi Bazarbayeva Mahbuba
2-o'rin: 195-guruh talabasi Yusupova Dilrabo
3-o'rin: 196-guruh talabasi Jumaniyozova Navbahor

Tadbirning badiiy qismi 206- o‘zbek tili guruhi  talabalari tomonidan Navoiy ijodiyotiga doir kuy-qo‘shiqlar, raqslar va ““Xamsa”ga bir nazar” deb nomlangan sahna ko‘rinishlari ijro qilindi.  

Tanlov  g'oliblari hamda kechaning faol talabalariga Filologiya fakulteti dekani, f.f.d D.G'ayipov hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova  tomonidan  Diplom hamda esdalik sovg'alari taqdim qilindi.

 

Ulashish: