Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Jumaboy Yusupov tavalludining 75 yilligi nishonlandi

Shu yilning 26-fevral sanasida Filologiya fakultetining bir guruh professor-o'qituvchilari va talabalari filologiya fanlari doktori, professor Jumaboy Yusupov tavalludining 75 yilligi munosabati bilan ustoz  xonadoniga tashrif buyurdilar. Tashrif jarayonida universitet rektori B.Abdullayev hamda Filologiya fakulteti dekani D.G'ayipovlar tomonidan yo'llangan tabriklar alohida e'tirof qilindi.  
Uchrashuvda J.Yusupovning universitetimizning "ILM SARCHASHMALARI" ilmiy-metodik jurnali muharriri sifatida jurnalning respublika miqyosiga ko'tarilishida, noshirlik bo'limining nashriyot huquqiga ega bo'lishida, mazkur bo'limning bugungi kunda faol ishlashida ulkan hissalari borligi mamnuniyat bilan tilga olindi. Tashrif jarayonida talaba-yoshlar tomonidan J.Yusupovning oila-a'zolariga ustozni xotirlab she'rlar o'qildi. 
Tashrif yakunida J.Yusupovning oila-a'zolari universitet rahbariyatiga  alohida minnatdorchilik bildirdilar.

Ulashish: