Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Yangi ko'rik-tanlov tashkil etildi

Joriy 16-mart sanasida Filologiya fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan fakultet talabalari uchun UrDU talabalar turar joyi axborot resurs markazida "Xush kelding o'lkamga, Navro'z" deb nomlangan ko'rik-tanlov tashkil qilindi.

4 ta shart asosida o'tkazilgan tanlovda ishtirokchilar, ijodiy yondashgan holda o'zlarini tanishtirish, Navro'z tarixini namoyon etuvchi videotaqdimot tayyorlash, bugungi kun muammolarini aks ettirgan sahna ko'rinish, pazandalik mahoratlari orqali sinovdan o'tkazildi.

Tanlov ishtirokchilari hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi. Natijalarga ko'ra: 201-guruh talabasi Otaxonova Ruxsora "Eng iste'dodli talaba",
211-guruh talabasi Bekchanova Yulduz
"Eng yaxshi notiq talaba",
213-guruh talabasi Maratova Charos
"Eng pazanda talaba",
203-guruh talabasi Hamidova Madina
"Eng nafosatli talaba" nominatsiyalari bo'yicha e'tirof qilinib, munosib taqdirlandilar.

Ulashish: