Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Kafedraning xoriiy aloqalari

Roman-german filologiyasi kafedrasi bir qancha xorijiy tashkilotlar bilan aloqa o'rnatgan. Shu jumaladan Germaniyaning SES (Senior Experten Service) tashkiloti bilan 2017-yildan beri samarali hamkorlik qilib kelinmoqda. Xar yili Germaniya tashkiloti tomonidan O'zbekistonga, shu qatori Urganch davlat Universitetiga Germaniyalik tajribali o'qituvchilar 4-6 haftaga tashrif buyurishadi.

Ushbu dastur doirasida ham joriy 2019-2020 o'quv yili uchun kafedra tomonidan Germaniyadan SES tashkiloti orqali 5 nafar o'qituvchi taklif etilgan. Shulardan, 29-sentabr kuni Wilhelm Rottman O'zbekistonga tashrif buyurdi va bugungi kunda Nemis tili ta'lim yo'nalishi 171-guruhida "Interkulturelle Kommunikation" (Xalqaro muloqot) fanidan talabalarga yangi, interfaol metodlar va komyuter texnikasi yordamida dars bermoqda.

16-oktabr kuni Germaniyadan yana bir o'qituvchi, Renate Simoneit, 2020 Fevral oyida K. Shultse va mart, aprel oylarida yana ingliz va fransuz tili o'qituvchilarining tashrifi kutilmoqda.

Mehmonlarimizning samarali faoliyati uchun universitet barcha sharoitlar, internet, kompyuter xizmatlarini yaratgan va mehmonlar Urganch shahrining shinam va zamonaviy mehmonxonalaridan biri, "Navro'z" mehmonxonasiga joylashtirilgan.

Ulashish: