Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Kitobxonlik haftaligi" doirasida tadbirlarimiz davom etmoqda

Joriy 19-aprel sanasida Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti professori, f.f.d B.Karimov hamda Filologiya fakulteti professor-o'qituvchilari, talabalari, viloyat kutubxonasi xodimlari o'rtasida "O'lmas ma'naviy xazina" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Tadbirda f.f.d., professor B.Karimov  yorqin ijodkor, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi Abdulla Qodiriyning o'lmas xazinasi haqida Zoom platformasi orqali ma'ruza qildi. 
2-ma'ruzachi viloyat kutubxonasi mas'ul xodimi Sh.Matkarimov kitob inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbayi ekanligini e'tirof qilib o'tdi. Jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, yoshlar ortasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga alohida e'tibor berib kelinayotganligi ta'kidlandi.

Ulashish: