Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Navoiyxon talaba" ko'rik-tanlovining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi

25-may  kuni  Alisher Navoiy ijodini, boy adabiy merosini chuqur oʻrganish, uning asarlari mazmun-mohiyatini teran anglash maqsadida universitet talabalari ishtirokida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan "Navoiyxon talaba"  ko‘rik- tanlovining  galdagi soni bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Navoiy gʻazallari talabalar tomonidan mohirona bayon etildi.
Tanlovning ushbu sonida 3  nafar  ishtirokchi  she‘riyat mulkining sultoni  nazmidan namunalarni yoddan, ifodali oʻqish, asarlari tarkibidagi so'zlarning lug'aviy ma'nosini tahlil qilish, baytlarini sharhlash orqali ijodiy maydonda  bahsga kirishdilar.

Tadbirning badiiy qismi 208 - o‘zbek tili guruhining iqtidorli  talabalari tomonidan Navoiy ijodiyotiga doir kuy-qo‘shiqlar, raqslar va “Shoh Gʻoziy”  sahna ko‘rinishi ijro qilindi.  

3 ta shartda faol qatnashgan talabalar hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko'ra: 
1-o'rin: 204-guruh talabasi Shomurotova Risolat
2-o'rin: 204-guruh talabasi Tursunboyeva Ozoda
3-o'rin: 206-guruh talabasi Saʼdullayeva Sevara

Tanlov  g'oliblari hamda kechaning faol talabalariga  ushbu koʻrik-tanlovning hayʼat raisi, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova  tomonidan  Diplom hamda esdalik sovg'alari taqdim qilindi.

Ulashish: