Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Ikki buyuk, bizning umumxalq shoirlarimiz - Mehmet Akif Ersoy va Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon" Simpoziumi o'z ishini boshladi

Bugun Urganch davlat universitetida ikki buyuk xalqning diydorlashuvi, turk va o‘zbek elining ikki buyuk shoiri ijodiga bag‘ishlangan simpozium boʻlib oʻtmoqda. Turk shoiri Mehmet Akif Ersoy va o‘zbek adibi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponga bag‘ishlangan ushbu simpozium Urganch davlat universiteti va Turkiya universitetlari o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarining uzviy davomidir.  Simpoziumning ochilish marosimida Turkiyalik hurmatli mehmonlar, Xorazm viloyat hokimligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat boʻlimi vakillari, Urganch davlat universiteti rahbariyati, Filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.  Simpozium Filologiya fakulteti dekan D.Gʻayipov moderatorligida oʻtkazilmoqda. Simpoziumni UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori  Z.Ibragimov kirish soʻzi bilan ochib berdi, universitet jamoasi nomidan mehmonlarning mazkur tashrifi uchun  mamnuniyat bildirib, simpozium ishiga muvaffaqiyat tiladi.  Xorazm viloyat hokimining oʻrinbosari B.Sayidov Xorazm viloyat hokimligi nomidan  tabrik nutqi bilan soʻzga chiqdi.  Ikki xalq madaniyatini, adabiyotini ayniqsa, yoshlar orasida keng targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu diydorlashuv kelgusidagi hamkorligimiz va doʻstligimizni yanada mustahkamlashga zamin ekanligini taʼkidladi. 

Ulashish: