Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti Filologiya fakultetida "Mehmet Akif Ersoy xotira sinfi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Mazkur xotira sinfini Xorazm viloyat hokimi o'rinbosari B.Saidov, fond rahbari Mehmet Cemal Çiftçigüzeli tantanali ravishda ochdi. Ochilish marosimida simpoziumning barcha ishtirokchilari, jumladan Turkiyalik mehmonlar, universitetning bir guruh professor-o'qituvchilari, iqtidorli talabalar qatnashdi. 

Xotira sinfiga Mehmet Akif Ersoy to'plamlari, fotoalbomlari, she'rlari, maqolalarining asl qo'lyozma nusxalari taqdim qilindi.Fond hamda universitet arxividagi noyob rasmlardan nusxalar keltirildi. Simpozium tashkilotchilari hamda ishtirokchilari tomonidan yozilgan tarixiy, ilmiy  kitoblar xotira sinfiga taqdim qilindi . Jumladan, mehmonlarimizdan Ibrahim O'zturkcu o'z kitoblarini imzolab, esdaliklarini yozib qoldirdi. 

Fakultetga tashrifning keyingi xonasi "Fakultet tarixi" muzeyiga bo'ldi va muzey faoliyati to'liq tushuntirildi.  Esdaliklar kitobiga mehmonlar tomonidan dil so'zlari yozib qoldirildi.

Ulashish: