Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



XALQARO HAMKORLIK: JANUBIY KOREYANING SILLA UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

▪️Kuni kecha Koreya taʼlim markazida taʼlim masalalari va koreys tilini oʻqitilishi boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvni Koreya ta’lim markazi direktori Peng Ju Man olib bordi. Unda Urganch davlat universitetidan “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, SEED dasturi koordinatori  Jamila Ermetova va koreys tili o‘qituvchisi Indira Temirbulatova,  Janubiy Koreyaning Silla universitetidan Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Hyung-Geun Kim va Vitse prezidenti Dr.Pyeoungkee Kimlar ishtirok etdilar.

Mazkur uchrashuvda Oʻzbekistondagi taʼlim islohotlari, taʼlim sifatini oshirish, jumladan, Urganch davlat universitetida koreys tilini oʻqitilishi, talabalarning kelgusida Koreya universitetlari bilan, xususan, Janubiy Koreyaning Silla universiteti bilan hamkorlikda oʻqitilishi, talabalar almashinuvi, akademik almashinuv, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda oʻquv ishlarining sifatini oshirish borasida muzokaralar olib borildi va ikkala universitet oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ulashish: