Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Universitetimizda Germaniyalik mutaxassis tashrifi

Germaniyaning SES (Senior Experten Service) Xalqaro tashkilotidan taklif etilgan Janob Ralph Borschel Shu yilning 12-30 sentabr kunlari Urganch davlat universitetining Xorijiy filologiya fakultetida dars mashgʻulotlarini olib bordi. 

Janob Ralph Borschel universitetimizda 2101-nemis hamda 2101-fransuz guruhlarida o'quv mashg'ulotlar o'tkazib, talabalarga chet tillarini osonlik bilan o'zlashtirishlarida ko'nikma berdi. 

Talabalar bilan tashkil qiligan qiziqarli darslardan tashqari, Ralph Borschel “Roman-german filologiyasi” kafedrasi o'qituvchilariga seminar-trening o'tkazdi. 

Janob Ralphning 3 haftalik tashrifi davomida talabalarimiz nemis hamda fransuz tillarida gapirish, yozish, eshitish, tinglash ko'nikmalarini oshirishdi hamda Germaniya va Fransiya davlatlarining hayoti, madaniyati, ta'lim tizimi haqida qiziqarli ma'lumot va bilimlarga ega bo'lishdi.

 

Ulashish: