Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Mahallalar bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil qilinmoqda

 Joriy yilning 20-oktabr sanasida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi munosabati bilan Urganch davlat universiteti va "Jaloladdin Manguberdi" MFY hamkorligida "Muqaddasim-munavvarim - ona tilim!" mavzusida adabiy tadbir tashkillashtirildi. 

Tadbirda UrDU Filologiya fakulteti o‘qituvchilari va bir guruh talaba-yoshlar ishtirok etib, ular tomonidan tayyorlangan sheʼrlar, sahna koʻrinishlar va dilrabo raqslar tomoshabinlarga zavq ulashdi. 

Tadbir yakunida "Jaloladdin Manguberdi" MFY Yoshlar yetakchisi Ataniyozova Gulnoza Allayorovna tashkil qilingan tadbir uchun UrDU Filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Ulashish: