Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Yangi O’zbekistonda el aziz – inson aziz” mavzusida o’takazilgan tadbir

Kafedra mudiri dotsent S.Babajanova so‘zga chiqib, mustaqillikning 31-yilligi va yangi o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar bilan birga “Yangi O’zbekistonda el aziz – inson aziz” mavzusida tadbir o’tkazilganligini qayd qiliar ekan, bu yilgi bayram tadbiri “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da o’tkazilayotganligi mustaqillik shioriga hamohang o’tganligini ta’kidladi. Shuningdek, kafedra dotsenti A.Masharipovning tashabbusi bilan tashkillashtirilgan ushbu tadbirda tayyorlangan taqdimot hamda talabalar tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar va mavzuga oid ma’lumotlar tadbirni yanada qiziqarli va mazmunli bo’lishini ta’minladi. Bundan tashqari dotsent A.Masharipov tomonidan mamlakatda Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar hamda bunyodkorlik ishlarini talabalarga aniq va asosli misollar bilan tushuntirib berganligi tadbirni yanada mazmun jihatdan boyitdi. https://urdu.uz/user_files/user_45/1.jpg

Ulashish: