Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Fakultetimiz professor-o'qituvchilari Boku konferensiyasida ishtirok etmoqdalar

Urganch davlat universiteti Filologiya fakultetining bir guruh professor-o'qituvchilari Ozarbayjon Raspublikasining Boku shahrida o'tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqdalar. Bugun 16-noyabr kuni Filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori D.Q.G'ayipov, "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi dotsentlari I.Ismoilov, N.Djumaniyazova va kafedra o'qituvchisi M.Otamuratovalar Boku davlat universitetiga tashrif buyurishdi va ushbu tashrif doirasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish haqida mulohazalar bildirildi. Anjumanda professor N.Jabborov, filologiya fanlari doktori D.G'ayipov, filologiya fanlari doktori Z.Qobilova va dotsent I.Ismoilovlar ma'ruza qilishdi. Ushbu ma'ruzalar Boku davlat universiteti professor-o'qituvchilari va talabalarida katta qiziqish uyg'otdi.

Ulashish: