Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xalqaro konferensiyalarda ishtiroklarimiz davom etmoqda

17-noyabr kuni soat 10:30 da Ozarbayjon Raspublikasining Boku shahrida o'tkazilayotgan xalqaro konferensiyaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu anjuman Ozarbayjon Fanlar Akademiyasida o'tkazildi. Konferensiyada o'zbek va ozarbayjon elining bir qator taniqli adabiyotshunos olimlari ishtirok etdilar. Jarayon avvalida Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi raisi Iso Habibbeyli so'zga chiqib, ikki yurt o'rtasidagi ezgu munosabatlarda adabiy aloqlarning nechog'lik  muhim o'rin tutishi haqida xulosalarini bayon etdi. Mazkur xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida  Filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori D.Q.G'ayipov so'zga chiqib, o'zbek va ozarbayjon adabiyotshunosligining mushtarak jihatlari va adabiy aloqlar mohiyati haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi. Soat 15:00 da anjumanning asosiy qismi boshlandi va bunda Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasining bir guruh professor-o'qituvchilari dotsentlar N.Djumaniyazova, I.Ismoilov va kafedra o'qituvchisi M.Otamuratovalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.  Konferensiya yakunida ishtirokchilar akademiya rahbariyati tomonidan serifikatlar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Ulashish: