Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining noyabr oyidagi soni bo'lib o'tdi

Tanlovning ushbu oydagi soni Filologiya fakulteti tomonidan 18-noyabr kuni universitet madaniyat saroyida oʻtkazildi. Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan ushbu tadbirning bu galgi sonida ishtirokchilar oʻzbek tili taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun shoir Mahmud Toir sheʼriyati, rus tili taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun Aleksandr Blok ijodi boʻyicha bellashdilar.

Tanlovda 2 shart boʻyicha fakultetning 9 nafar talabasi oʻzaro kuch sinashdilar. Dastlabki shartda taqdim etilgan sheʼrlardan ifodali tarzda oʻqib eshittirgan talabalar keyingi shartda Mahmud Toir ijodi asosida bahru bayt uyushtirib, oʻz salohiyatlarini namoyish etdilar.

Tadbirning badiiy qismini Filologiya fakultetining 194-guruh talabalari goʻzal kuy-qoʻshiqlar, betakror raqslar hamda bugungi kunda insonlar orasida mehr-oqibat tuyg'ularining yoʻqolib borishi, internet atalgan ayovsiz vaqt kushandasining hayotimizdagi salbiy taʼsiri haqida ishlangan sahna koʻrinishi bilan ajoyib tarzda tashkillashtirdilar.

 Ushbu tanlov yakuniy natijalarini eʼlon qilish hakamlar hay'ati uchun juda qiyin boʻldi, boisi tanlovning 2-shartida 3 nafar ishtirokchi toʻxtovsiz bellashdilar va yakuniy natijalar quyidagicha:

1-oʻrin sohiblari: 

Roʻzmetova Gulmira (222-guruh talabasi);
Suvonberdiyeva Avazjon (206-guruh talabasi).

2-oʻrin sohibi: 

Sharipova Qurbonoy (215-guruh talabasi). 

3-oʻrin sohibi: 

Karimova Oʻgʻiloy (211-guruh talabasi). 

Tadbir yakunida “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri S.Q.Matkarimova ishtirokchilar mahorati, tirishqoqligi va badiiy qism mualliflarining chiqishlari haqida oʻzining samimiy fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi va gʻoliblarga fakultetning professor-oʻqituvchilari tomonidan diplom va estalik sovgʻalar taqdim qilindi.

Ulashish: