Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Maxsus va akademik maqsadlarda ingliz tilini o'qitish: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

MAXSUS VA AKADEMIK MAQSADLARDA INGLIZ TILINI O'QITISH: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR

15-mart kuni Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Fakultetlararo сhet tillar” kafedrasi boshchiligida “Maxsus va akademik maqsadlarda ingliz tilini o'qitish: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Unda fakultet professor-o'qituvchilari, tadqiqotchilar, talabalar hamda xorijiy hamkor universitetlardan kelib, dars mashgʻulotlari olib borayotgan mutaxassislar hamda Zoom platformasi orqali xorijlik olimlar ishtirok etdilar. 

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ingliz tilini maxsus va akademik maqsadlarda o‘qitishdagi so‘nggi yangiliklar va yutuqlarni soha mutaxassislari o‘rtasida tarqatish, butun dunyo bo'ylab maxsus va akademik maqsadlarda ingliz tilini o'qitishning mavjud nazariyalarini muhokama qilish, ingliz tilini maxsus va akademik maqsadlarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha xorijda va respublikamizda olib borilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishish, ingliz tilini maxsus va akademik maqsadlarda o'qitishda innovatsion usullardan foydalanish imkoniyatlarini yoritib berish maqsadlarga xizmat qiladi.

Ulashish: