Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI!

         Bugun erta tongdan Urganch davlat universitetining barcha fakultetlarida Vatan himoyachilarini madh etuvchi kuy- qo’shiq sadolari yangradi.Professor-o’qituvchilar va talabalar pedagog-xodimlar va talaba-qizlar tomonidan bayramona kutib olinib, chiroyli bayram tilaklari, ezgu niyatlar izhor qilindi.Bayram munosabati bilan O`zbek filologiyasi fakultetining birqator professor-o`qituvchilari, jumladan,ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo`yicha dekan muovini S.Atajonov, Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti X.Ruzimbayev va stajor-o`qituvchi I.Shermatov, O`zbek tilshunosligi kafedrasi kata o`qituvchisi I.Davletovlarga bayram sovg`alari taqdim qilindi.Urganch davlat universitetida 14-Yanvar -Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.

                   

Ulashish: