Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



14-Yanvar vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o`tkazilgan tadbir to`g`risida

         2024-yilning 13-yanvar sanasida  O`zbek filologiyasi fakulteti barcha pedagog-xodimlar va ishchi xodimlari tomonidan 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O`zbek filologiyasi fakulteti professor-o`qituvchilari uchun bayram tadbiri tashkil qilindi.Bayram tadbirida pedagog-xodimlar  tomonidan  kelin salom, sahna ko`rinishlari, qiziqarli savol-javoblar o`tkazildi. Fakultetimiz professor-o`qituvchilari tadbirda faol qatnashib o`zlarining merganlik, qo`shiq va tez aytish mahoratlarini sinovdan o`kazdilar.Bayram tadbirini mazmunli o`tkazish  maqsadida fakultetimiz pedagog-xodimlari tomonidan Said Ahmad qalamiga mansub “Kelinlar qo`zg`oloni” spektakli sahnalashtirilib mehmonlar e’tiboriga havola qilindi.To`kin dasturxon atrofida tajribali professor-o`qituvchilarga so`z berilib,ulardan bayram tabriklari eshitildi va bayram sovg`alari topshirildi. Tadbir yakunida O`zbek filologiyasi fakulteti dekani professor D.G`ayipov. va professor-o`qituvchlarimiz bayram munosabati bilan tashkil qilingan tadbir uchun o`zlarining samimy minnaddorchiligini bildirdilar.

Ulashish: