Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"BALLI QIZLAR"

Kimyoviy texnologiyalar fakultetida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munasabati bilan “Balli, qizlar!” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda talaba qizlar tomonidan goʼzal bahor tarovatini madh etuvchi sheʼr va qoʼshiqlar, jozibali raqslar ijro etildi. Talaba qizlarning chevarligi, pazandaligi, orastaligi va bilimlari namoyish etildi.
Bayramona ruhda oʼtgan ushbu tadbirlarda fakultetning faol, bilimdon va isteʼdodli xotin-qizlari oʼzaro kuch sinashdilar. Juda qiziqarli oʼtgan bu bellashuv barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.
Bayram tadbiri yakunida bir qator nominatsiyalar boʼyicha gʼolib deb topilgan ishtirokchilar Urganch davlat universiteti Kasaba uyushmasi qoʼmitasi hamda Kimyoviy texnologiya fakulteti rahbariyati tomonidan estalik sovgʼalar bilan taqdirlandi.

https://urdu.uz/user_files/user_27/elonlar/video_2024-03-13_10-46-51.mp4

Ulashish: