Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



O’ZBEK LUG’ATSHUNOSLIGIGA OID KITOBLAR TAQDIMOTI BO’LIB O’TDI

Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda O’zbek lug’atshunosligiga oid kitoblar taqdimoti o’tkazildi. Ushbu taqdimotni O’zbek filologiyasi fakulteti dekani D.G’ayipov o’z nutqi bilan ochib berdi. 

Unda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidentining davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalar bo’yicha maslahatchisi O.Azizova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbek tilini rivojlantirish jamg’armasi bosh mutaxassisi G.To’ychiyeva, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o’zbek tilini rivojlantirish jamg’armasi mutaxassisi D.Yusupova hamda Xorazm viloyati hokimining davlat tili masalalari bo’yicha maslahatchisi R.Xudayberganov, “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri A.Primovlar ishtirok etib, mazkur lug’atlar yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.
 
Tadbirda O’zbek tilining izohli lug’ati (VI jildlik), O’zbek tili sinonimlari lug’ati, Xalqaro termin elementlarining izohli illyustrativ lug’ati, O’zbekiston joy nomlari izohli lug’ati, Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug’atlari taqdimot qilindi.

Ulashish: