Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



CIMPA xalqaro yozgi maktabining yopilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun, 4-iyul kuni Urganch davlat universitetida 24-iyun kunida boshlangan CIMPA xalqaro yozgi maktabining yopilish marasimi o'tkazildi. 

Unda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Xodjaniyozov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Z.Ibragimov hamda  CIMPA tashkiloti direktori Christophe Ritzenthaler so'zga chiqib, Fransiyaning CIMPA Xalqaro fundamental va tadbiqiy matematika markazi, Urganch davlat universiteti va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Sonlar nazariyasiga bag’ishlangan 2 haftalik ushbu yozgi maktabning istiqbolli yutuqlarini e'tirof etishdi va kelgusida bu kabi nufuzli loyihalarni yanada rivojlantirish to'g'risida so'z yuritishdi.

Yopilish marosimida xorijdan va respublikamizdan kelib ushbu xalqaro yozgi maktabda faol qatnashgan professor-o‘qituvchi va yosh izlanuvchilarga CIMPA – Xalqaro fundamental va tadbiqiy matematika markazi tomonidan ta'sis etilgan sertifikatlar topshirildi.

Ulashish: