Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Bolgariya Respublikasi delegatsiyasi Urganch davlat universitetida bo’ldi

16-oktabr kuni Bolgariyaning Sofia universiteti rektori Georgi Valchev boshchiligida Burgas universiteti rektori Hristo Bozov hamda boʻlim boshliqlaridan iborat delegatsiya Urganch davlat univeritetiga tashrif buyurdi. 

Mehmonlarni universitet maʼmuriyati iliq qarshi oldi. Tashrif asnosida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev hamda oliygoh rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.  Dastlab rektor B.Abdullayev mehmonlarni universitet faoliyati, dars jarayonlarining tashkil etilishi hamda xalqaro hamkorlik aloqalari bilan yaqindan tanishtirdi. Oliygoh haqidagi videorolik namoyish etildi.

Shundan soʻng, delegatsiya aʼzolari tomonidan Bolgariyaning Sofia universiteti hamda Burgas universiteti haqida maʼlumotlar taqdim etildi. Aytish joizki, Burgas universiteti kimyo texnologiyalarga ixtisoslashgan nufuzli oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Sofia universiteti esa Bolgariyadagi birinchi va yirik oliy oʻquv yurtidir. 

Mazkur universitetlar yetakchilari tomonidan Urganch davlat universiteti bilan sunʼiy intellekt, yashil iqtisodiyot, tabiiy fanlar va kimyo yoʻnalishlarida Eramus+ dasturlari orqali hamkorlik qilish, talabalar almashinuvi hamda ilmiy yoʻnalishlarda hamkorlik qilish yuzasidan takliflar bildirishdi. Oʻz navbatida, UrDU maʼmuriyati tomonidan  ushbu takliflar qoʻllab-quvvatlandi hamda hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi. 

Bolgariyaning Sofia universiteti rektori Georgi Valchev boshchiligida Burgas universiteti rektori Hristo Bozov hamda boʻlim boshliqlaridan iborat delegatsiya aʼzolarining Urganch davlat univeriteti rahbariyati bilan rasmiy muloqotidan soʼng, mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, rektor B.Abdullayev oʻquv binolari, laboratoriyalar, sport komplekslari, kutubxona hamda talabalar turar joylaridagi sharoitlar bilan mehmonlarni tanishtirdi. Dars jarayonlarini kuzatib, talabalar bilan suhbatda boʻlishdi. 

Ulashish: