Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



“Universiada” g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Bugun, 14-aprel kuni Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida futbol bo‘yicha o‘tkazilgan “Universiada” musobaqasining final bellashuvlaridan so‘ng, tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Marosimda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S.Salayev va boshqa masʼullar so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilarini, xususan, final bosqichida yuqori natijalar qayd etgan jamoalarni samimiy tabriklashdi. Yoshlarning jismoniy va ma’naviy yetuk shaxs bo‘lib ulg‘ayishida bunday musobaqalarning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidlashdi.

So‘ngra, g‘olib jamoa — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti futbolchilari, shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari – Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari vakillariga medallar va faxriy diplomlar, qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlash marosimi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi. Bu kabi yirik sport tadbirlari yosh avlodni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish, ularning iqtidor va imkoniyatlarini namoyon etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

G‘oliblarni yana bir bor tabriklaymiz va ularga kelgusi faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ulashish: