Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti va O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali o‘rtasida do‘stlik musobaqalari o‘tkazildi

Bugun, 12-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Millatlararo totuvlik oyi” doirasida yoshlar o‘rtasida sport orqali do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan yirik tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Sport – do‘stlik elchisi” mavzusidagi o‘rtoqlik musoboqalari sportning Mini-futbol, Badminton, Stol tennisi va Shaxmat turlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Dastlab O‘zDJTSU Nukus filialining sportchi talabalari tantanali kutib olindi. Shundan so‘ng, musobaqalarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, Sport klubi raisi o‘rinbosari M.Rahimov hamda O‘zDJTSU Nukus filiali birinchi prorektori G.Xojametov so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga omad va yuksak natijalar tiladilar. 

Musobaqalar ikki OTM — Urganch davlat universiteti hamda O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida sportning Mini-futbol, Badminton, Stol tennisi va Shaxmat turlari bo‘yicha do‘stona raqobat ruhida oʻtkazildi.

Har bir bellashuv nafaqat jismoniy chiniqish, balki o‘zaro hurmat, do‘stlik va sport madaniyatini mustahkamlashga xizmat qildi.

“Millatlararo totuvlik oyi” doirasida yoshlar o‘rtasida sport orqali do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlardan so‘ng, “Sport – do‘stlik elchisi” mavzusidagi badiiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida ikki oliygoh ijodkor talabalarining musiqiy chiqishlari, sahna ko‘rinishlari hamda do‘stlik va totuvlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi kompozitsiyalari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Sahnadagi chiqishlar sportning insonlarni birlashtiruvchi, ijobiy ruh bag‘ishlovchi kuch ekanini yanada yorqin ifodaladi.

Shu bilan birga, kun davomida o‘tkazilgan mini-futbol, badminton, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha musobaqalarda g‘olib bo‘lgan jamoa va talabalarga munosib sovrinlar topshirildi.

Ulashish: