Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“WOODEN BRIDGE” tanlovi 2025-yilning 18-dekabr sanasida “Qurilish” kafedrasi tashabbusi bilan “Wooden bridge” — yog‘och tayoqchalar asosida ko‘prik maketlarini yasash bo‘yicha qiziqarli va bellashuvlarga boy tanlov bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda 8 ta jamoa ishtirok etib, har bir jamoa 5 nafar talabadan iborat tarkibda o‘zaro kuch sinashishdi. Bellashuv yoshlarning muhandislik fikrlashi, ijodiy yond

“WOODEN BRIDGE” tanlovi

2025-yilning 18-dekabr sanasida “Qurilish” kafedrasi tashabbusi bilan “Wooden bridge” — yog‘och tayoqchalar asosida ko‘prik maketlarini yasash bo‘yicha qiziqarli va bellashuvlarga boy tanlov bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda 8 ta jamoa ishtirok etib, har bir jamoa 5 nafar talabadan iborat tarkibda o‘zaro kuch sinashishdi. Bellashuv yoshlarning muhandislik fikrlashi, ijodiy yondashuvi hamda nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar yog‘och tayoqchalar asosida o‘zlarining ijodiy, konstruktiv va zamonaviy muhandislik yechimlari asosida tayyorlangan ko‘prik maketlarini taqdim etadilar. Har bir loyiha mustahkamlik, dizayn, innovatsion yondashuv va texnik yechimlar jihatidan baholanadi. “Wooden bridge” tanlovi talabalarda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, kelajak quruvchi-muhandislarning kasbiy salohiyatini oshirish, shuningdek, ularni ijodiy izlanishlarga undashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ulashish: