Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yig'ilish

Qabul jarayonida adolat va shaffoflik — ustuvor maqsad!

Bugun, 14-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2025/2026-oʻquy yili qabul jarayonlarini adolatli, ochiq va shaffof tashkillashtirish va oʻtkazish qabul komissiyasini mas'uliyatini yanada oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda oliygoh rektori v.v.b S.Xodjaniyozov boshchiligida universitet rahbariyati hamda qabul komissiyasi a'zolari ishtirok etishdi. Muloqot davomida qabul jarayonlarida Call-markaz hamda maslahat markazlarining ishlash holati, abituriyent va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, tegishli ma'lumotlarni olishda aniq javoblar berish kabi holatlar muhokama qilindi. 

Yig'ilishdan asosiy maqsad abituriyentlarni qabul qilish jarayonida halollik va shaffoflikni ta'minlash, qabul komissiyasi a'zolarining mas'uliyatini oshirish, fuqarolarning ishonchini mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi muroasasiz muhit yaratishdan iborat.

Ulashish: