Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2025-yil 8–10-oktabr kunlari Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan shakllantirilgan Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan Xorazm viloyatida bir qator uchrashuv va tahliliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bugun shu doirada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Yadgarov tomonidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ta'lim sohasida maishiy korrupsiya holatlarini oldini olish va kelib chiqish omillarini bartaraf etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Xorazm viloyati Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi vakillari hamda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari, boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig'ilishda davlatimiz rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi, maishiy korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va joylardagi holatlar yuzasidan atroflicha so‘z yuritildi. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, ta’lim muassasalarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, yoshlar orasida huquqiy ongni oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Ulashish: