Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Davra suhbati

"Korrupsiyasiz ta'lim" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

✅ Bugun, 20-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakultetida 2-bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi rahbari X.Shixova ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi. Davra suhbatida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, ta’lim sohasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va Komplayens tizimining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, fuqarolik pozitsiyasining ahamiyati va har bir shaxsning ushbu illatga qarshi kurashda tutgan o‘rni haqida tushunchalar berildi.

Ulashish: