Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



SEMINAR

Oliygohda ishchi-xodimlar va tyutorlar uchun seminar o'tkazilmoqda

✔️ Bugun, 10-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ishchi-xodimlar hamda tyutorlar uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda.

➡️ Seminar jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy boshqaruv va ish yuritish tizimidagi o‘rni, ularning ish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati, raqamli texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanish masalalari haqida atroflicha so'z yuritilmoqda. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X. Shixova tomonidan universitetda amal qilinayotgan ichki tartib-qoidalar, mehnat intizomi, "Akademik halollik", "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.

Mazkur seminar ishchi-xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tashkilotda sog‘lom va tartibli mehnat muhitini mustahkamlashga qaratilgan.

Ulashish: