Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



SEMINAR

✔️Joriy yilning 10-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida  Korrupsiyaga qarshi kurashish“Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan yosh xodimlarni tanlash, tayyorlash va tarbiyalash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X. Shixova ma’ruza qilib, yangi ishga qabul qilingan o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. U o‘z ma’ruzasida bugungi kunda ta’lim jarayonida akademik halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali inson omilini kamaytirish hamda korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, universitetda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida https://feedback.urdu.uz/uz/ platformasi yaratilgani, uning imkoniyatlari hamda akademik halollik talablariga rioya etish tartiblari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida o‘qituvchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.  

Ulashish: