Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



EMI (English as Medium of Instruction) loyihasi doirasida mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni rivojnatirishga qaratilgan seminar trening

Urganch davlat universitetida 4 va 11-mart kunlari mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni rivojlantirish maqsadida Xorijiy filologiya fakulteti professor-o’qituvchilari ‘Ingliz tili va adabiyoti’ kafedrasi mudiri f.f.n. Jamila Ermetova, ‘Ingliz tili va adabiyoti’ kafedrasi o’qituvchisi Gulbahor Eshchanova va ‘Fakultetlararo chet tillar’ kafedrasi o’qituvchisi Davron Abdullayev universitetning mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitadigan professor-o’qituvchilarga ikki oylik seminar-treninglarni boshlashdi. Ushbu seminar Britaniya kengashi va O’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta ta’lim vazirligi hamkorligida olib borilayotgan xalqaro ‘English as Medium of Instruction’ loyihasining bir bosqichi sifatida amalga oshirilmoqda. Loyihaning maqsadi respublika oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni rivojlantirishga qaratilgan. Seminar-trening mart va aprel oylarida davom etishi rejalashtirilgan.

Ulashish: