Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Атаев Жасур Эркиновичнинг "Қишлоқ хўжалик маҳсулотларини етиштириш жараёнларини эконометрик моделлаштириш" мавзусидаги докторлик (PhD) диссертацияси ҳимояси

Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish jarayonlarini modellashtirish asosida ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqot ob'ekti sifatida O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularni yetishtirish jarayonida qatnashuvchi sub'ektlar olingan.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasiga kiruvchi komponentlar tizimi ishlab chiqilgan hamda aqlli agro qo‘shilgan qiymat zanjiri xaritasi (smart agri value chain mapping) va ma'lumotlar platformasini shakllantirish mexanizmi taklif qilingan;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subektlarning rivojlanish darajasi, ta'sir qiluvchi omillari, istiqbolli yo‘nalishlarini anketa so‘rovi natijalari logit va probit modellari yordamida asoslangan;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi mavsumiy tebranishlar deterministik model, davriylik xususiyatlar Fur'e qatorlari yordamida tizimlashtirilgan;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarini barqaror rivojlantirish senariylari hamda muhim indikatorlari (etishtirilgan mahsulot miqdori) istiqboldagi 2021–2025 yillarga prognoz ko‘rsatkichlari ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasiga kiruvchi komponentlar tizimi hamda aqlli agro qo‘shilgan qiymat zanjiri xaritasi (smart agri value chain mapping) va ma'lumotlar platformasini shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18 fevraldagi 04/022-661-son ma'lumotnomasi). Bu esa, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlari bo‘yicha tezkor, ishonchli va birlamchi ma'lumotlarni olish imkoniyatini yaratgan;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi sub'ektlarning rivojlanish darajasi, ta'sir qiluvchi omillari, istiqbolli yo‘nalish­lari, anketa so‘rovi natijalarini logit va probit modellari yordamida asoslash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘ja­ligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18 fevraldagi 04/022-661-son ma'lumot­­nomasi). Mazkur taklif qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruv­chining barqaror rivojlanishini ta'minlash yo‘nalishlarini belgilashda foydalanish imkoniyatini yaratgan;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi mavsumiy tebranishlarni deterministik model, davriylik xususiyatlarini Fur'e qatorlari yordamida tizimlashtirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18 fevraldagi 04/022-661-son ma'lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish mavsumiy tebranishlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarini barqaror rivojlantirish ssenariylari hamda muhim indikatorlari (etishtirilgan mahsulot miqdori)ning kelgusidagi prognoz ko‘rsatkichlarini ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18 fevraldagi 04/022-661-son ma'lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertasiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertasiyaning hajmi 126 betni tashkil etadi.

Ulashish: