“Yengil atletika” to‘garagi haqida umumiy ma’lumot
Tashkilotchi:
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti
Yakka kurash kafedrasi
To‘garak yo‘nalishi:
Yengil atletika (yugurish, sakrash, uloqtirish turlari)
To‘garakning asosiy maqsadi:
Talabalar o‘rtasida yengil atletika sport turiga qiziqishni oshirish, jismoniy sifatlar — tezkorlik, chidamlilik, kuch va harakat muvofiqligini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash.
Asosiy vazifalari:
-
Yengil atletikaning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatish
-
Yugurish, sakrash va uloqtirish texnikasini shakllantirish
-
Talabalarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish
-
Sport musobaqalariga tayyorlash va ishtirokini ta’minlash
-
Sport intizomi, sabr-toqat va irodaviy sifatlarni rivojlantirish
Mashg‘ulotlar shakli:
Mashg‘ulotlar malakali murabbiy-o‘qituvchilar rahbarligida, belgilangan jadval asosida, stadion va sport maydonchalarida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar guruhli va individual tarzda tashkil etiladi.
Ishtirokchilar:
To‘garakka universitetning barcha fakultetlarida tahsil olayotgan, sog‘lig‘i ruxsat etilgan talabalar qabul qilinadi. Boshlang‘ich tayyorgarlikka ega bo‘lmagan talabalar uchun ham ochiq.
Kutilayotgan natijalar:
-
Talabalarning jismoniy rivojlanishi va sport mahorati oshadi
-
Iqtidorli sportchilar saralab olinadi
-
Universitet yengil atletika jamoasi shakllantiriladi
-
Respublika va hududiy musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlari yaratiladi