Close


UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING MATEMATIKA FANI BO‘YICHA XOTIRA TURNIRINING TAQDIRLASH MAROSIMI BO`LIB O`TDI


2021-yilning 5-iyun kuni Urganch davlat universitetida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o`rtasida  Matematika fani bo‘yicha xotira turniri o`tkazildi. Ushbu turnir uzoq yillar UrDUda samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab o`tkazildi. 
 
Unda viloyatning barcha maktablaridan matematika faniga qiziqishi baland, iqtidorli o`quvchilar qatnashib,  kunning birinchi yarmida olimpiada masalalarini yechdilar.  Kunning ikkinchi yarmida esa universitet Madaniyat saroyida adabiy-badiiy xotira kechasi hamda g`oliblarni taqdirlash marosimi o`tkazildi.
Ushbu xotira kechasida ustoz Ismoil Abdullayevning safdosh do`stlari, hamkasblari, oila a`zolari,  Fizika-matematika fakulteti professor-o`qituvchilari, shogirdlari hamda olimpiada qatnashchilari ishtirok etdilar.
Tadbir  avvalida ustozni xotirlab, uning kasbdosh do`stlari jumladan, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, f.f.d. Zaribboy Do‘simov, qishloq xo`jaligi fanlari doktori, professor G`oyibnazar Sotipov, O`zMU professori, f-m.f.d. Bahodir Shoyimqulov, professor Xushnut Babajonov, faxriy ustoz, dotsent f-m.f.n. Sultonposhsha Masharipova, shogirdi Ro`zimboy Madrahimovlar so`zga chiqib, Ismoil Abdullayev haqida juda iliq va qimmatli ma'lumotlar xususan, ustozning ibratli umr yo`li, hayoti va ilmiy faoliyati, olib borgan tadqiqotlari, ustoz-shogird an`analari,  jamoada ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yо‘lidagi xizmatlari haqida gapirdilar.
Shundan so`ng, UrDU rektori Bahrom Abdullayev so`zga chiqib, tadbirga yig`ilgan barchaga o`z minnatdorchiligini, o`zining samimiy tilak va istaklarini bildirdi. Maktab o`quvchilarini qunt bilan o`qib, shu dargohning talabasi bo`lishlariga chaqirib, olimpiada g`oliblarini e`lon qildi. 
Olimpiada natijalari A (5-6 sinflar), B (7-8 sinflar) hamda C (10-11 sinflar) darajalar bo`yicha baholandi.  
 
A (5-6 sinflar) darajaga ko`ra:
I o`rin – Atajonova Zuhra– Gurlan tumani 41-maktab 
II o`rin – Egamberganov Amirbek– Qo`shko`pir tumani 12-maktab 
III o`rin – Po`latov Zayniddin – Xonqa tumani 7-IDUM
 
B (7-8 sinflar) darajaga ko`ra:
I o`rin – Egamberdiyev Maqsadbek– Bog`ot tumani 92-IMI
II o`rin – Otaboyev Jur`atbek– Xonqa tumani 48-IMI
III o`rinlar – Barganboyev Sherzodbek -  Bog`ot tumani 92-IMI va Komilova Dilnura - Bog`ot tumani 2-IMI
 
C (10-11 sinflar) darajaga ko`ra:
I o`rin – Bozorboyev Javohir – Bog`ot tumani 92-IMI
II o`rinlar – Nurjonov Navro`zbek – Qo`shko`pir tumani 1-IMI va Ochilov Avazbek - Qo`shko`pir tumani 1-maktab
III o`rin – Shokirov Shokirjon – Hazorasp tumani 1-IMI
Mazkur turnirning eng yuqori ball to`plagan yosh matematik Bog`ot tumani 3-maktabning  5-sinf o`quvchisi Matyoqubov Boburjon olimpiadagi oliy o`rin egasi deb e`lon qilindi.
Barcha g`oliblarga universitet rektorining Diplomlari hamda esdalik sovg`alari, shuningdek, ushbu olimpiada ishtirokchilarining o`qituvchilariga Tashakkurnomalar universitet faxriy ustozlari tomonidan topshirildi. 
Tadbir davomida ijro etilgan kuy-qo`shiqlar ishtirokchilarga o`zgacha jo`shqinlik, bayramona kayfiyat baxsh etdi. 
 
Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:

Ulashish: