Close


Urganch davlat universitetida “Korrupsiyasiz ta`lim – taraqqiyotning asosi” mavzusida profilaktik tadbir o`tkazildi


Korrupsiya bor joyda o’sish bo’lmaydi. Chunki korrupsiya shaffoflikni yo’qotadi. Shaffoflik bo’lmagan joyda esa rivojlanish sur’ati pastlab ketadi, Bir so’z bilan aytganda, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’ladi. Bugun, 7-iyun kuni  Urganch davlat universiteti hamda Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida o`tkazilgan “Korrupsiyasiz ta`lim – taraqqiyotning asosi” mavzusidagi profilaktik tadbirda aynan shu haqda so`z yuritildi. 
 “Korrupsiyasiz ta`lim – taraqqiyotning asosi”
Tadbirda universitetning barcha rahbar xodimlari, professor-o`qituvchilar hamda DXX xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda so`zga chiqqanlar, ta’lim tizimida korrupsiya holatlariga aslo yo`l qo`ymaslik, kelajakda jamiyatimiz uchun munosib kadr bo’lib xizmat qilish istagi bilan bilim olayotgan yoshlarimizning ongida o’ziga bo’lgan ishonch, intilish, bilim olishga bo’lgan ishtiyoqi asta-sekinlik bilan so’nib borishida korrupsiyaning roli, ushbu zararli illatga bir yoqadan bosh chiqarib qarshi kurashish lozimligi, nafaqat ta’lim tizimi balki jamiyatimizning barcha sohalaridan korrupsiyani quvib chiqarish kerakligini ta`kidlab gapirdilar.
 “Korrupsiyasiz ta`lim – taraqqiyotning asosi”
Uchrashuv avvalida, mavzuga oid “Ta`limdagi ta`magirlik” nomli ibratomuz videorolik namoyish etildi.
 
Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
 

Ulashish: