Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



9-may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan UrDU kasaba uyushmasi va Xotin-qizlar Maslahat kengashi hamkorligida universitetdagi faol ayollar uchun Xorazmning qadimiy va navqiron qal'alari bo'ylab sayohat tashkil qilindi


9-may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan UrDU kasaba uyushmasi va Xotin-qizlar Maslahat kengashi  hamkorligida  universitetdagi faol ayollar uchun Xorazmning qadimiy va navqiron qal'alari bo'ylab sayohat tashkil qilindi. 

Sayohatdan maqsad o'tmish tariximizni o'rganish va yoshlarimizga ham targ'ib qilish hamda ulug'vor qal'alar bunyod etib, bugungi kun avlodlari uchun jonli tarix yaratgan insonlar xotirasini yod olishdan iborat. 

Dastlab "Qizilqal'a" dan boshlangan sayohat "Tuproqqal'a", "Ayozqal'a", "Aqchaxon qal'a va ko'li" hamda Bo'ston shaharlarini tomosha qilish bilan yakunlandi. 

Sayohat davomida "Tarix" kafedrasi professori, t.f.n. Quranboy Sobirov ularga hamrohlik qilib, har bir arxeologik yodgorliklarda qal'alar tarixidan ma'lumotlar berib bordi.

Ulashish: