Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Urganch davlat universitetida 2024-2025 o‘quv yili qabul jarayonlariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi


Urganch davlat universitetida 2024-2025 o‘quv yili qabul jarayonlariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun, 31-iyul kuni 2024-2025 o‘quv yili uchun Urganch davlat universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va qabul parametrlari yuzasidan keng jamoatchilik va OAV vakillari, blogerlar uchun universitet Axborot xizmati boʻlimi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. 
Matbuot anjumanida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi D.Bekchanova, Xorazm MTRK muhbirlari, “Xorazm haqiqati” gazetasi muhbiri O.Rahim, @antikorruz maxsus muhbiri Q.Eshchanov,  “Xorazm faxrim” telegram sahifasi asoschisi N.Rahimova va boshqa media sohasi va keng jamoatchilik vakillari, universitet professor-oʻqituvchilari hamda media sohasiga qiziquvchi talabalar ishtirok etiib, universitet rahbariyatidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Anjumanda Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev, O'quv ishlari bo'yicha prorektor S.Xodjaniyozov hamda Filologiya va san’at fakulteti dekani, ayni paytda 2024-2025 o‘quv yili qabul komissiyasi masʼul kotibi D.G‘ayipovlar tomonidan Urganch davlat universitetida qabul jarayonlarini sifatli tashkil etish maqsadida olib borilgan chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Xususan, “Call center” va “Maslahat markazi”lari faoliyati, 2024/2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish hamda bakalavriatining kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari, shuningdek, magistratura mutaxassisliklariga o’qishga qabul qilish parametrlari va o’qitish tillari bo’yicha taqsimoti haqida ishtirokchilarga  ma’lumotlar berildi.
Muloqot davomida ishtirokchilar Urganch davlat universiteti va ommaviy axborot vositalari oʼrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish borasida, qolaversa, yoshlar orasida media savodxonlikni oshirish, universitetda jurnalistlar tayyorlaydigan yoʼnalish ochish borasida oʼzlarining takliflarini bildirdilar.

Ulashish: