Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Rasmiy munosabat


Ijtimoiy tarmoqlardagi “Urganch davlat universitetining 29,7 mlrd soʻmlik davlat xaridida qonun buzilishi aniqlangan” mazmunidagi sarlavhali xabarlarga Urganch davlat universiteti quyidagilar yuzasidan rasmiy munosabat bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31- yanvardagi “Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash bo‘yicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi togrisidagi 46-sonli Nizomga muvofiq, qurilish sohasidagi elektron tenderlarni e’longa chiqarish va ularni o‘tkazish tender tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Ushbu nizomga muvofiq, tender tashkilotchisi qurilish sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish bo'yicha elektron tender hujjatlarining to'liqligini hamda muvofiqligini o'rganib chiquvchi, e'lonni platformaga joylashtiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotchi bo'lib, universitet bunda davlat buyurtmachisi hisoblanadi. 

Shunga asosan, Urganch davlat universitetining 29,7 mlrd soʻmlik davlat xaridi Xorazm viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish Konsalting Markazi tomonidan o‘tkazilgan.

Urganch davlat universiteti tomonidan Xorazm viloyati Urganch tumani “Mustaqillik” ko‘chasida Urganch davlat universtiteti hudududa universitetning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan 7 qavatli 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilish ishlarini bajarish uchun tegishli hujjatlar yuqoridagi markazga taqdim qilingan.

Shuningdek, nizomning 10-bandi “b” kichik bandiga ko’ra, tender tashkilotchisi platformaga tender predmeti to‘g‘risidagi e’lonni joylashtirishi nazarda tutilganligi sababli Xorazm viloyati Urganch tumani “Mustaqillik” ko‘chasida Urganch davlat universtiteti hududida universitetning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan 7 qavatli 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurish obyektini sohaviy mansubligi va xavf-xatar toifasini belgilash  Urganch davlat universiteti vakolatiga kirmasligini ma’lum qilamiz.

 UrDU ma’muriyati

Ulashish: