Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



QATAGʻON QURBONLARI IZIDAN


Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani Pitnak shahar Navbahor mahallasi Shodlik koʻchasi  1- xonadonda yashovchi Saidjon Qurbonboyevdan murojaat kelib tushgan edi. 
Ularning murojaatida 1931-yil  kuzgi Xorazm okrugi Hazorasp tumanida Pitnak vohasi qishloqlaridan Ulli qangʻli va kichik qangʻli  Said Shayx hozirgi Pitnak qishlogʻi Obod mahallasi hududida bir kunda otilgan qatagʻon qilingan 30 nafarga yaqin tadbirkor boylar-oqsoqqollarning ism-familyalarini aniqlashda va ularni oqlashda qatlgoh oʻrnida yodgorlik oʻrnatishda yordam soʻragan edilar. 

Manashu murojaat boʻyicha kecha, 30-oktabr  kuni UrDU tuzilmasidagi "Qatagʻon qurbonlari xotirasi" muzeyi direktori Y. Rahmonova rahbarligida Hazorasp tuman Pitnak qishlogʻiga ilmiy ekspeditsiya uyushtirildi va dala tadqiqotlari olib borildi.
Ekspeditsiya davomida qatagʻon qurboni boʻlgan insonlarning avlodlari, Pitnaklik jonkuyar insonlar Sadulla Matyoqubov, Olim Matchonov, Ibragimov Ilhom va yana bir qancha  insonlardan ogʻzaki tarix ma'lumotlari yozib olindi.

 Sobiq boylar, elatlarning sobiq oqsoqollari, juvozchilar, ruhoniylar, yakka dehqonlar 1931- yil oxirlarida sinfiy dushmanlar deb e'lon qilinib sho'ro va kolxoz raislari, militsiya xodimlari yordamida uylaridan olib ketilib Hazorasp tuman markaziga keltirilgan. GPU qamoqxonasida bir necha kun saqlanganidan keyin ular Hazorasp-Pitnak yo'li Ismoil eshon buva qishloqi yaqinidagi Tapali qir deb atalgan qum barxanli yerga olib boriladi va shu yerda qo'llari bog'langan holda otib o'zlariga qazdirilgan chuqurga tashlanadi va koʻmiladi. Aholini chalg'itish uchun ularni dastlab Amudaryo bo'yi Qoratosh pristaniga olib borilib kemada uzoq o'lkalarga surgunga yuborilganligi haqida gap ham tarqatiladi.

Ushbu sho'ro tizimining navbatdagi qatag'onidan o'n sakkizta sof vijdonli, halol, ishbilarmonlar shahid bo'ladi. Halok bo'lganlar orasida Sayotlar elatidan Safar juvozchi, Matyozboy, Mo'lla Matmurot, Sheyxlar elatidan Matmurot pati, Iskandar Shomurot o'g'li, Yarash Oqqi oʻgʻli, Kichik Qangʻli elatidan Omon oqsoqol, Yarash oqsoqol, Rahim oqsoqol, Ibrohim oqsoqol, Saidlar elatidan Jumanazar va Yaxshiboy yakka dehqonlar bor edi. Qishloq ahlining guvohlik berishicha bu joyda 200 dan ziyod insonlarning qatagʻon qurboni boʻlganligi maʼlum boʻlgan.
Tapali qir fojiasidan xabar topgan Pitnakliklar chuqur qayg'uga tushib shahid boʻlganlarni Hazrat Abul ibn Marjon buva qabristoniga keltirib dafn qilish chorasini izlaganlar. Oʻlganlarning qarindosh og'aynilari kunduzi borib jasadlarini topib belgilar qo'yib qaytib kechalari aravalarda borib jasadlarni qishloqqa keltirib o'z qavmlariga dafn etganlar. Xususan, 1982-yilda Sovxoz uchun fermaxona tashkil qilish uchun qurilish boshlash maqsadida qazish jarayonlarida odam suyaklari topilishi natijasida bu yerda qurilish toʻxtatilindi. Ma'lum boʻlishicha bu hududda qatagʻonga uchragan insonlarning otilgan makon -Xorazmdagi yashirin qatlgoh ekanligi maʼlum boʻlgan. 

 

Ulashish: